Soxta pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan DXX, IIV va MG xodimlari bilan hamkorlikda Taxiatosh tumanida qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan qalbaki pul birliklarini aylanmaga kiritmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qilmishlari fosh etildi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro 200, 100, 50 va 20 minglik kupyuradagi jami 7 500 000 qalbaki o‘zbek so‘mini 2,5 mln haqiqiy o‘zbek so‘mi kupyurasiga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaro ko‘rsatmasiga asosan, ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar xonadonlari ko‘zdan kechirilganida, qalbaki pul birliklarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan noutbuk, rangli printer, turli xil o‘lchamdagi qaychi va chizg‘ich buyumlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan qilmishga aloqador 8 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring