Sohadagi vaziyatni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolarni tizimli hal qilish vaqti-soati keldi — Prezident
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtmoqda. Muloqot Xalqaro forumlar saroyida “Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida oʻtkazilmoqda.
“Aholimiz soni hozirgi vaqtda 35 milliondan oshdi.
Bu xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratishni, avvalo, tibbiyot sohasida olib borayotgan ishlarimizni mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishni taqozo etadi.
Bu borada oʻtgan davrda koʻp ishlarni amalga oshirib, salmoqli natijalarga erishdik. Lekin hali qator muammolar, kamchilik va nuqsonlar oʻz yechimini kutib turibdi.
Shu sababli, sohadagi vaziyatni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolarni tizimli hal qilish vaqti-soati keldi, deb oʻylayman”, dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari oxirgi yillarda tibbiyot sohasida erishilgan natijalarga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan:
- ajratilayotgan mablagʻlar hajmi keskin oshirildi. 2022-yilning oʻzida sohaga byudjetdan 24 trillion soʻm yoki 2016-yilga nisbatan 4 barobar koʻp mablagʻ yoʻnaltirilmoqda;
- shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashga ajratilayotgan mablagʻlar 12 barobar koʻpaytirildi;
- sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 700 million dollardan ziyod mablagʻ jalb qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring