Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlardan biri — xalqaro tajribalarga asoslangan holda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy etishdir.
Yangi tizimni joriy etishda oilaviy shifokorlar faoliyatini kengaytirish muhim oʻrin tutadi. Jumladan, tibbiy yordam koʻrsatishda oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari yuklamasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham belgilangan. Xususan, tibbiyot sohasini raqamlashtirish, qogʻozbozlikni qisqartirish orqali shifokorlarning ortiqcha byurokratik ishlardan xoli boʻlishi taʼminlanadi. Bunda ish yuklamasini taxminan 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilmoqda.
Farmonga asosan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab belgilangan tuman va shaharlarda yangi model tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. 2026-yil 1-yanvardan esa ushbu tajriba Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida kengaytiriladi. Bu orqali yangi modelning samaradorligi amalda sinovdan oʻtkaziladi va kelgusida butun mamlakat boʻylab joriy etilishiga zamin yaratiladi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari negizida yangi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi. Bu tuzilmalar mahalliy darajada tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, tizimli boshqaruvni yoʻlga qoʻyish va aholi ehtiyojlariga mos ravishda xizmat koʻrsatish imkonini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring