Sogʻliqni saqlash, taʼlim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda

Oliy Majlis Senatida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida boʻlib oʻtmoqda. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy va hududiy kengashlari aʼzolari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari rahbar hamda xodimlari ishtirok etyapti.
Majlisda taʼkidlanganidek, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi boʻlib, unga koʻra korrupsiyaga moyil boʻlgan soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiya omillarining oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadlaridan biriga aylandi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “Korrupsiyasiz qonunchilik” tamoyili hayotga tatbiq etilmoqda, inson omili taʼsirini va uning turli davlat xizmatlarini koʻrsatishga aralashuvini kamaytirish choralari koʻrilmoqda, korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida korrupsiyaga oid jinoyatlarni ochish darajasi oshdi. Misol uchun, oʻtgan yili 2020-yilga nisbatan javobgarlikka tortilgan shaxslar va sud organlariga yuborilgan ishlar oʻrtacha 3 baravar oshdi. Har yili korrupsiya jinoyatlari natijasida davlatga yetkazilgan moddiy zarar undirilmoqda.
Sogʻliqni saqlash, taʼlim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda.

Majlisda 2021-2022-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosining borishi, shuningdek, sogʻliqni saqlash va davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritalarida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik bazasi takomillashtirildi, davlat xaridlari boʻyicha maxsus portal yaratildi. Amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida 5,8 trln soʻm tejaldi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida birlamchi tibbiyot muassasalariga “Elektron poliklinika” tizimi joriy etildi hamda 16 ta tibbiy xizmat raqamlashtirildi.
Majlis ishtirokchilari ushbu sohalardagi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazishga ham alohida eʼtibor qaratdi. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari koʻra, davlat xaridlari va sogʻliqni saqlash sohasidagi 25 ta normativ-huquqiy hujjatda 87 ta korrupsiya omili mavjud.

Majlis doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar faoliyatini kuchaytirish, ularni axborot, maslahat va uslubiy qoʻllab-quvvatlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Umuman olganda, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeini izchil oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2021-yilda Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakatimiz 6 pogʻonaga koʻtarilib, 180 ta mamlakat orasida 140-oʻrinni egalladi va 5 yil ichida muhim oʻzgarishlarga erishgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Majlis yakunida Milliy kengashning tegishli qarori qabul qilindi va 2022-2023-yillarda sogʻliqni saqlash, qurilish, oliy taʼlim hamda davlat xaridlari tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha yangi “yoʻl xaritalari” tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring