Sobiq sudya va sudlangan yurist 75 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan undirmoqchi boʻldi
Foto: Illustrativ
Davlat xavfsizlik xizmati bir qator jinoyatlarni fosh qildi. Toshkent shahrida 2 nafar advokat va yuristning noqonuniy qilmishlari fosh etilishi haqida DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati Sh.U. va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat yuristi T.N. oʻzaro kelishgan. Qayd etilishicha, 2021-yilda Jinoyat Kodeksining 131 va 135-moddalari bilan sudlanib, 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini oʻtayotgan shaxsning ayblovidan 135-moddani olib tashlashni vaʼda berishadi.
Bu orqali, mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni sud tizimida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali boshqa yengilroq jazo turiga almashtirib berish evaziga 75 ming AQSH dollari talab qilishadi. Joriy yilning mart oyida ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
“Holat yuzasidan Sh.U. va T.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudi tomonidan Sh.U. va T.N.larning har biriga nisbatan 14-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 136 mln. soʻm jarima jazosi tayinlandi», deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, advokat Sh.U. muqaddam sud tizimida sudya lavozimida ishlagan. MCHJ yuristi T.N. esa 2009-yilda Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan, 2016-yilda esa JKning 122-moddasi bilan sudlangan.
Yana bir holatda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati M.M. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan sud tizimidagi tanishlari orqali oqlov hukmi chiqarib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.
“Firibgar soʻralgan pul mablagʻidan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring