Siyosiy partiyalar bergan vaʼdasini qanchalik bajaryapti?

2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovoldi uchrashuvlar va debatlar davomida siyosiy partiyalar saylovchilarga koʻplab vaʼdalarni berishdi.
“Yuksalish” umummilliy harakati partiyalar faoliyatiga doir infografikani taqdim etdi.
Qayd etilishicha, saylovdan soʻng 8 oy oʻtdi. Siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarini amalga oshirish ustida ish olib borishmoqda.
Jumladan, OʻzLiDeP maʼlum qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida organ tashkil etildi. “Milliy tiklanish” DP yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etdi. “Adolat” SDP “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunni, Xalq demokratik partiyasi esa oʻqituvchilar va shifokorlar mavqeini oshirish zaruratini ilgari surdi. Ekopartiya “yashil texnologiya”larni qoʻllab-quvvatlamoqda va Orol dengizi boʻyida daraxtlar ekishni koʻpaytirishga hissa qoʻshmoqda.
Shu bilan birga, siyosiy partiyalar tomonidan vaʼda qilingan yana qator muhim vazifalar hali ham oʻz yechimini kutmoqda. Ularning ayrimlari infografikadan joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring