Sirdaryoning 18 ta mahallasidagi 67 km yoʻl sement-beton qoplamaga oʻtkaziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatdagi aholi va tadbirkorlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qiladigan tashabbuslarga toʻxtaldi.
A-373 yoʻlini Sayxunobod va Guliston tumanidan oʻtgan 37 kilometr qismi yaroqsiz boʻlgani uchun transport shahar orqali harakatlanishga majbur boʻlyapti. Bu yoʻlni 6 tasmali qilib rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan ichki yoʻllarni qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarga ushbu dastur doirasida Boyovut, Guliston, Xovos, Mirzaobod, Sirdaryo va Sayxunobodning 18 ta mahallasidagi 67 kilometr yoʻlni sement-beton qoplamaga oʻtkazish topshirildi.
“Doʻstlik” kanalining Guliston shahridan oʻtgan 5 kilometr qismi rekonstruksiya qilingani uchun qirgʻoq boʻyi dam olish maskanlari tashkil etildi.
Kelgusi yilda kanalning qolgan 3,5 kilometr qismi ham beton qoplamaga oʻtkazilishi belgilandi.
Sirdaryoda yiliga oʻrtacha 10 ming yangi oila paydo boʻlayotganini hisobga olib, uy-joyga talabni qondirish uchun yil yakunigacha 3 ming 100 ta xonadonga ega koʻp qavatli uylarni foydalanishga topshirish, 2026-yilda yana 3,5 ming kvartirali 80 ta uy-joy barpo etish maqsad qilib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring