Sirdaryolik shifokorlar ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil bajarishdi
Illyustrativ foto
Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi”. Guliston tibbiyot klasterida ilk marta buyrak transplantatsiyasi mahalliy shifokorlar tomonidan bajarildi. Gap shundaki, hozirgacha bunday amaliyot Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qon tomir xirurgiya,buyrak transplantatsiya boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazib kelinayotgan edi.
Mazkur markaz vakillari bilan birga hozirgacha bajarilgan 11 ta amaliyotdan soʻng ayni turdagi jarrohlikni birinchi marta sirdaryolik shifokorlar — oliy toifali jarroh, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori Akmal Uralov, jarroh-transplantolog Sherzod Toshmamatov hamda boshqa mutaxassislar birgalikda oʻzlari mustaqil amalga oshirdi.
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatidan maʼlum qilinishicha, amaliyotdan soʻng bemorning ham, unga bitta buyragini berib, donorlik qilgan yaqinining ham salomatligi yaxshi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring