Sirdaryodagi YTHda “Jiguli” majaqlanib ketdi
Videodan kadr
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Isuzu” rusumli yuk mashinasi va toʻrtta yengil avtomobil ishtirokida ayanchli yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 30-noyabr kuni soat 13:45 larda Mirzaobod tumani Oqoltin MFY hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 Avtomobil yoʻlining “Dushanbe — Toshkent” yoʻnalishi 94-kilometrida roʻy bergan.
“Isuzu” rusumli transport vositasi haydovchisi ushbu avtomobil yoʻliga tutash boʻlgan mahalliy ahamiyatdagi 20 V 001 avtomobil yoʻliga navbat bilan qayrilib olayotgan “VAZ 2101” hamda ikkita “Nexia-3” rusumli transport vositalarining [videoda “Gentra” ham koʻringan] ortidan kelib urilgan.
Hodisa oqibatida “VAZ 2101” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohatlari olib viloyat tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.
Bildirilishicha, hozirda sodir etilgan YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring