Sirdaryoda yurak sohasida noyob jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Ahmadali SHERNAZAROV/”Xalq soʻzi”. V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Guliston tibbiyot klasterining malakali mutaxassislari tomonidan Sirdaryoda ilk bor urib turgan yurakda aorta koronar shuntlash (AQSH) jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.
— Koʻp yillardan buyon yurak sohasida muammosi bor 68 yoshli bemorda sunʼiy qon aylantirishsiz, urib turgan yuragiga qovurgʻalar aro boʻshliqdan 6-8 sm kichik kesma orqali kirib, 3 ta yurak-qon tomirida aorta koronar shuntlash amaliyotini oʻtkazdik, — deydi tibbiyot fanlari doktori Rustam Yarbekov. — Bu eng xavfsiz va samarali usul boʻlib, koʻkrak qafasi hamda boshqa sohalarning yaxlitligi saqlab qolinishiga, yurak reabilitatsiyasi vaqtini qisqarishiga, bemorni qisqa fursatda oyoqqa turib ketishiga yordam beradi. Eng muhimi, toʻsh suyagining yaxlitligi buzilmaydi. Koʻkrak qafasining anatomi-funksional tuzilishi oʻzgarmaydi.
Ayni vaqtda bemor salomatligi yaxshi. Shifokorlar nazoratida davo muolajalarini olmoqda.
— Guliston tibbiyot klasterining xirurgiya boʻlimida oʻtkazilgan aorta koronar shuntlash (AQSH) jarrohlik amaliyoti kardiolog va kardioxirurgiya sohasi mutaxassislari uchun katta yangilik boʻldi, — deydi Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Xurshid Hakimov. — Bemorlarimizning ayni muolaja uchun boshqa joylarga borishiga hojat qolmadi.
Kelgusida Guliston tibbiyot klasteri, uning xirurgiya boʻlimida yurak sohasi bilan bogʻliq jarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring