Sirdaryoda viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarini birlashtirgan klaster tashkil etiladi

14:28 04 Fevral 2021 Jamiyat
1277 0

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarini birlashtirgan “Guliston tibbiyot klasteri” tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida keltirib oʻtilgan.

Loyihada koʻra, klasterga Sirdaryo viloyat hokimligi tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Klaster aholiga pullik asosda diagnostika va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatadi.

Bunda imtiyozga ega boʻlgan shaxslarni orderlar asosida va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarni davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davolashga yotqizish Klaster daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Klaster amaliyotiga tatbiq etiladi.

Quyidagilar Klasterning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanadi:

xalqaro tajribani qoʻllagan holda innovatsion yechimlar (nou-xau) va yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali viloyatning tibbiyot sohasida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini oshirish;

kardiologiya, umumiy va yurak-qon tomir jarrohligi, neyroxirurgiya, endokrinologiya, urologiya, oftalmologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya, “Ona va bola” skriningi, aholi reproduktiv salomatligi va tibbiy diagnostika boʻyicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot klasteri faoliyatini tashkil etish;

tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ixtisoslashtirilgan klinik bazalarni yaratish;

zamonaviy oʻquv-laboratoriyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil qilish orqali ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish;

aholiga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish darajasini xalqaro talab va standartlarga koʻtarish, eng murakkab diagnostika va davolash tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratish;

faoliyatini rivojlantirish va soha vakillarini ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xorijiy tibbiy klinikalarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlarda amaliy ishtirok etish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер