Sirdaryoda sayyohlar oqimi koʻpaymoqda

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yilda Sirdaryo viloyatiga 113 ming 800 nafar sayyoh keldi. Bu 2023-yilga nisbatan qariyb 2 baravar koʻp. Ushbu oʻsish soʻnggi yillarda viloyatda turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanilayotganidan dalolat beradi.
Sirdaryo sohilida xorijiy va mahalliy turistlarga xizmat koʻrsatuvchi maskanlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Sirdaryo tumanidagi daryo sohilida qad rostlagan dam olish maskani bir vaqtning oʻzida 100 dan ortiq sayyohga xizmat koʻrsatadi. Bu yerda Sirdaryo oqimiga uygʻun ravishda sokinlik va xotirjamlik muhiti yaratilgan.
Shuningdek, viloyatda tibbiyot turizmi ham jadal rivojlanib bormoqda. Yuqori tibbiyot texnologiyalari asosidagi noyob jarrohlik va boshqa zamonaviy muolajalar oʻzlashtirilib, keng qoʻllanilayotgani hamda sohaning tibbiy texnik imkoniyatlari tobora kengayib borayotganligi tufayli Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston davlatlaridan davolanishga kelayotganlar yil sayin koʻpaymoqda.
— Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 13 ta mehmonxona, 22 ta oilaviy mehmon uyi, 24 ta xostel faoliyat koʻrsatmoqda, — deydi viloyat Turizm bosh boshqarmasi boshligʻi Shohruh Isoqulov. — Bundan tashqari, mahalliy hamda xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatuvchi 29 ta turoperator va turagentlarning faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilda ularning sonini yanada koʻpaytirish reja qilingan. Turizmni rivojlantirish imkoniyatlarimiz koʻp. Jumladan, bunda viloyat hududi respublika va xalqaro ahamiyatdagi avtomobil hamda temir yoʻllar chorrahasida joylashganligi ham muhim omil hisoblanadi. Shu bois yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Xususan, xalqaro avtoyoʻllar boʻyida qurilayotgan umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari sayyohlarga milliy taomlarimizni taqdim etish barobarida hududning brendi boʻlgan mahsulotlarni tanishtirish va savdosini yoʻlga qoʻyish uchun ham sharoit yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring