Sirdaryoda rossiyalik tibbiyot fanlari doktori Karen Petrosyan ishtirokida jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi

Moskva shahridagi Bakulev nomidagi qon-tomir jarrohligi markazi doktori Karen Petrosyanning 16- 17-aprel kunlari Sirdaryo viloyatiga tashrifi kutilmoqda.
MDH davlatlarida nom qozongan, yurak, qon-tomir jarrohligi boʻyicha mashhur vrach, akademik B.Alekyanning shogirdi K.Petrosyan Bakulev tibbiyot markazida boʻlim mudiri vazifasida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Tashrif davomida poytaxtlik va sirdaryolik jarrohlar bilan birgalikda 4 nafar bemorning koronar qon tomirlarida yuqori texnologiyali jarrohlik, stentlash va 1 nafar bemorning oyoq qon tomirlarida stentlash amaliyotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun. Bundan bir necha oy oldin Sirdaryo viloyati kardiologiya dispanserida endovaskulyar xirurgiya boʻlimi ochilgan edi. Boʻlimda hozirgacha 80 dan oshiq tashxislash hamda 36 nafar bemorga stentlash amaliyoti oʻtkazildi.
Ahmadali SHERNAZAROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring