Sirdaryoda “Qovun sayli” boshlandi
Guliston shahrida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yillik shodiyonalari doirasida anʼanaviy “Qovun sayli” va “Etno-folklor” festivali boshlandi.
— Ushbu tadbirlar Sirdaryoning agroturizm salohiyatini va polizchilik tajribasini keng targʻib etish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda, — deydi Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Shohruh Isaqulov. — Saylda yetakchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlari, boshqarma va tashkilotlar ishtirok etayotir. Oʻtgan yili mazkur festivalda 200 mingdan ortiq kishi, xususan, koʻplab xorijiy mehmon qayd etilgan boʻlsa, bu yil ushbu koʻrsatkich 300 mingdan oshishi hamda Xitoy, Vengriya, Tojikiston, Qozogʻiston, Rossiya kabi davlatlardan 2 mingga yaqin sayyohlar kelishi kutilmoqda.


Albatta, “Qovun sayli” va “Etno-folklor” festivaliga doir bunday sezilarli oʻsish ushbu tadbirlarning agroturizmni rivojlantirish va Sirdaryo viloyatining sayyohlik salohiyatini mustahkamlash platformasi sifatidagi ahamiyati yuqori ekanligini koʻrsatadi.
“Qovun sayli”da Mirza vohasida yetishtirilayotgan 20 dan ortiq navdagi xushtaʼm qovunlarning koʻrgazma-savdosi tashkil etildi.
Festival davomida konsert dasturlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslar koʻrgazmalari, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari, badiiy jamoalar va folklor guruhlarining jonli ijrodagi chiqishlari namoyish qilinayotir.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring