Sirdaryoda oʻzan tozalash ishlarini olib borish natijasida yuzaga kelayotgan muammolar oʻrganildi
Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Toʻxtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryoda oʻzan tozalash ishlarini olib borish natijasida yuzaga kelayotgan muammolar oʻrganildi.
Maʼlumot uchun, viloyatning Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari hududidan Sirdaryo daryosi oqib oʻtadigan qismining umumiy uzunligi 140,7 km.ni tashkil etib, Sirdaryo daryosining umumiy suv muhofaza maydoni 7 003,1 gektarni, shundan qirgʻoq boʻyi maydoni 1 388,8 gektarni tashkil qiladi.
Mazkur hududda oʻzan tozalashga 37 ta tadbirkorlik subyektlari va Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi jalb qilinib, “Xavfsiz daryo” DUK bilan 3 yil muddatga tuzilgan shartnomalar asosida 46 ta uchastkada jami 49,2 km. masofada oʻzan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganishda 30 ta tadbirkorlik subyektlarida daryodan qum qazib olish jarayonida hosil boʻladigan oqova suvlar tindirilmasdan toʻgʼridan-toʻgʼri daryoga tashlanayotganligi, 9 tasida yerlar neft mahsulotlari va chiqindilar bilan ifloslantirilayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, 16 ta subyektning uchastkalarida oʻtkazilgan topografik tasvirlash ishlari natijasida 11 417 m3 qirgʻoq yemirilganligi va noqonuniy noruda material (qum-shagʼal) qazib olinganligi maʼlum boʻldi.
Qolaversa, mazkur hududdan oʻtgan davlat ahamiyatidagi 4P-26 avtomobil yoʻli orqali Sirdaryo daryosi oʻzanida joylashgan uchastkalardan sigʻimi 40 tonna va 60 tonna yuk avtomobillarining yillar davomida muntazam qatnashi natijasida yoʻl qoplamasi toʻliq buzilib, yaroqsiz holga kelib qolgan.
Hozirda mazkur yoʻnalishda nazorat tadbirlari davom ettirilib, daryo oʻzanini tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi subyektlarda oʻrganishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring