Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 368 million soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

12:54 22 Aprel 2025 Jamiyat
196 0

Joriy yilning 19–20-aprel kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyati davlat ekologik inspektorlari hamkorligida Sirdaryo daryosining turli nuqtalarda noqonuniy baliq ovlash holatlariga qarshi maxsus nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Mazkur reydlar aholi murojaatlari asosida tashkil etilib, baliqlarning urugʻlanish mavsumida brakonyerlar tomonidan elektr qarmoq va noqonuniy toʻrlar (leskali toʻrlar)dan foydalanish holatlarini bartaraf etish maqsad qilingan.

Ushbu reyd tadbiri natijasida aniqlanishicha, daryodan umumiy uzunligi 1000 metrga yaqin boʻlgan, noqonuniy oʻrnatilgan 20 ga yaqin leskali toʻrlar aniqlanib, yigʻib olingan hamda belgilangan tartibda yoʻq qilinishi belgilangan. Shuningdek, 2 nafar huquqbuzar elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan paytda qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, ashyoviy dalil sifatida 1 dona alyuminiy qayiq, motor, 2 dona akkumulyator, elektr qarmoq, turli ov vositalari va 21 dona turli xildagi baliq musodara qilingan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 368 million 437 ming 500 soʻmni tashkil etgan.

“Barcha huquqbuzarlik holatlari boʻyicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Ekologiya vazirligi fuqarolarni tabiiy resurslarni asrashda faol ishtirok etishga, hamda faqat belgilangan qoidalar asosida baliq ovlashga chaqirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер