Sirdaryoda mamlakatda birinchi marta qishloq xoʻjaligi texnikalari raqamlashtirilmoqda

19:23 19 Fevral 2024 Iqtisodiyot
291 0

Arxiv surat

Ahmadali Шерназаров/“Халқ soʻzi”. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzagroinspeksiya” hamda Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilda respublikada birinchi marta eksperiment tariqasida Sayxunobod tumanidagi qishloq xoʻjaligi texnikalarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Raqamlashtirish qishloq xoʻjaligi texnikalarining real vaqt rejimidagi texnik holatini kuzatib borish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga, shuningdek, yoqilgʻi sarfini kamaytirish hamda texnika vositalari yordamida bajariladigan agrotexnik tadbirlar sifatini oshirish, pirovardida yuqori hosildorlikka erishish bilan birga mahsulot tannarxini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bugungi kungacha tumandagi “Polytex Sirdaryo” paxta-toʻqimachilik klasterining jami 103 dona qishloq xoʻjaligi texnikalariga GPRS-navigator moslamalari oʻrnatildi. Ushbu klaster va “Oʻzagroinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tumandagi qishloq xoʻjaligi texnikalari mavjud boʻlgan fermer xoʻjaliklari masʼullarini raqamlashtirishning afzalliklari, imkoniyatlari boʻyicha yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?