Sirdaryoda Xitoy texnologiyasi asosida paxta yetishtirish ommalashmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Ahmadali SHERNAZAROV/«Xalq soʻzi». Joriy yilda Sirdaryo viloyati boʻyicha jami 3 ming gektar maydonga Xitoy texnologiyasi asosida chigit ekildi. Oʻtgan yili Sirdaryo tumanida 406 gektar maydonda tajriba tariqasida ayni usulda plyonka ostiga chigit ekilgan edi.
Mazkur agrotexnologiyaning oʻziga xosligi shundaki, chigit ekish, plyonka toʻshash va tomchilatib sugʻorish uchun shlang yotqizish ishlari zamonaviy texnika yordamida bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bu esa fermerlar uchun sezilarli darajadagi vaqt va mablagʻni tejash imkonini beradi. Chigit yerga tushgandan 5-6 kundan soʻng, anʼanaviy usullar bilan taqqoslaganda esa taxminan besh kun oldin unib chiqadi. Hosildorlik 50 sentnerdan ortadi. Ayni paytda viloyatda ushbu texnologiya qoʻllanilayotgan maydonlarda chigit toʻliq unib chiqib, rivojlanmoqda.
— Viloyatda yil sayin suv tejamkor, hosil tannarxini arzonlashtirish va daromadni koʻpaytirishga xizmat qiluvchi texnologiyalardan foydalanish koʻlami kengayib bormoqda, — deydi Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi Ulugʻbek Hakimov. — Xususan, joriy yilda tomchilatib sugʻoriladigan gʻoʻza maydonlari 6500 gektarga yetdi. Kelgusi yilda Xitoy texnologiyasida paxta yetishtiriladigan ekin maydonlari 10 ming gektarga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring