Sirdaryoda ETK boshligʻi katta miqdordagi pora bilan ushlandi
Foto: Prokratura departamenti
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln soʻmini qoʻlga kiritgan Elektr tarmoqlari boshligʻi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Guliston shahar ETK boshligʻi Д.Н. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “Г.С.К.” MCHJning elektr taʼminotidan 202,5 mln soʻm qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi А.Г.дан 90 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.
U ushbu pullar hisobidan 3 mln soʻmni fuqaro У.М. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring