Sirdaryoda 24 ming gektardan ziyod ekin maydonlarida suv taʼminoti yaxshilanadi
Shu kunlarda Sirdaryo viloyatida suv isrofgarchiligiga sabab boʻlayotgan tuproq oʻzanli kanal hamda ichki sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish borasida ishlar koʻlami kengayib bormoqda.
Ushbu muhim ishga Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimidagi irrigator va melioratorlar bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari hamda klasterlarning ishchi xizmatchilari, texnika vositalari ham jalb etildi. Koʻklamgi ekish mavsumigacha bajarilishi moʻljallangan ish koʻlami ancha ulkan, yaʼni viloyatdagi mavjud 2245,6 kilometr tuproq oʻzanli ichki sugʻorish tarmoqlarining 900 kilometrlik qismini oʻtgan yilning dekabr, joriy yilning yanvar, fevral, mart oylari davomida betonlashtirish belgilangan.

— Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida viloyatimiz boʻyicha yiliga 85 million kub-metr suv iqtisod qilinib, qariyb 24 ming gektardan oshiq qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanishiga, kuchli va oʻrtacha shoʻrlangan maydonlar kamayishiga, sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlar qisqarishiga, meliorativ holati yomon boʻlgan yer maydonlarining holatini barqaror saqlashga erishiladi, — deydi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi Shavkat Isroilov. — Shuningdek, kanallarning betonlashtirilishi hisobiga suv resurslari bilan birga katta miqdordagi mablagʻ ham tejaladi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring