Sirdaryo viloyatida ilk bor oʻtkazilgan jahon chempionatida polvonlarimiz eng yuqori natijaga erishdi

18:37 21 Noyabr 2023 Sport
338 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Guliston shahrida belbogʻli, bel olish va uchkurash boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Aytish lozimki, bunday nufuzli sport musobaqasi Sirdaryo viloyatida ilk bor oʻtkazildi. Unda 14 ta davlatdan 208 nafar polvon qatnashdi.

Eʼtiborlisi, chempionatning aksariyat medallari Oʻzbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Yurtimiz sportchilari erishgan ushbu yutuqlarning deyarli yarmi, yaʼni 8 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza, jami 19 ta medal sirdaryolik kurashchilar hissasiga toʻgʻri keldi.

Shunday qilib, Guliston shahri 4 kun davomida mezbonlik qilgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi, Tojikiston vakillari ikkinchi, Qozogʻiston polvonlari esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер