Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida xorijlik mutaxassis dars bermoqda
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ilgʻor xorijiy tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish maqsadida koʻplab xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shunday hamkorlar qatorida Rossiya, BAA, Singapur, Filippin davlatlarining bir necha taʼlim muassasalari bor.
— Xorijiy hamkorlarimiz bilan amaliy aloqalarimiz kengayib bormoqda, — deydi Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Gulasal Berdialiyeva. — Xususan, ayni paytda markazimizda bir nafar xorijlik maslahatchi, filippinlik Jad Borromeo faoliyat yuritmoqda. Eʼtiborlisi, u kishi mahorat markazimizda malaka oshirayotgan pedagog tinglovchilar uchun ham, pedagogik jamoamiz uchun ham mahorat darslari oʻtyapti. Shu bilan birga, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazlari, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Guliston davlat universiteti, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro innovatsiyalar universiteti, Samarqand davlat universiteti bilan ham ilmiy-uslubiy aloqalarni keng yoʻlga qoʻyganmiz.
Sirdaryo viloyatida 13 400 nafar oʻqituvchi, 3000 ga yaqin maktabgacha taʼlim mutaxassisi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda bir oylik malaka oshirish kurslarida 3250 nafar oʻqituvchi oʻqishi rejalashtirilgan.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring