Sirdaryo viloyati delegatsiyasi – Afgʻonistonda
Ayni paytda Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi, deb maʼlum qildi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Safardan asosiy maqsad — viloyatning eksport salohiyatini oshirish, oʻzaro savdo aylanmasini kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Tashrif doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va boshqa qator yoʻnalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Afgʻoniston bozoriga yetkazib berish, logistika zanjirini yoʻlga qoʻyish va qoʻshma korxonalar tashkil etish masalalari kun tartibidan oʻrin olgan.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar oʻrtasida B2B muloqotlar tashkil etilishi, aniq loyihalar boʻyicha kelishuvlarga erishish ham rejalashtirilgan. Ushbu amaliy safar Sirdaryo viloyati sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tashqi bozorlardagi oʻrnini mustahkamlash, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyoti barqaror oʻsishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring