Singapur politsiya robotlaridan foydalanishni kengaytirmoqda

16:03 21 Iyun 2023 Dunyo
876 0

Xabarlarda aytilishicha, Singapurning turli hududlarida 5 yil davomida avtonom mobil kuzatuv tizimlarini sinovdan oʻtkazgandan soʻng, politsiya robotlari deb ataladigan vositalardan foydalanishni kengaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, robotlar 360°li aylanadigan kameralar, miltillovchi chiroqlar, sirenalar va 2,3 m uzunlikdagi tortib olinadigan ustunlar bilan jihozlangan. Bu qurilmalar orqali politsiya aeroportga tashrif buyuruvchilar bilan muloqot qilishi yoki 30 kun davomida saqlangan video yozuvlarni koʻrishi mumkin.

Politsiya robotlari birinchi marta 2018-yilgi parad tadbirida xavfsizlik maqsadida foydalanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?