Sil kasalligi — yosh rassomlar nigohida
Arxiv foto
“Xalq soʻzi Online”/Dilshod Karimov. Yoshlar ijod saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida “Sil kasalligi — yosh rassomlar nigohida” deb nomlangan tasviriy sanʼat koʻrgazmasi ochildi.
Koʻrgazmada 36 nafar yosh moʻyqalam sohibining 56 ta asari namoyish etilmoqda. Tasviriy sanʼat namunalarida sil kasalligi, uning belgilari, oldini olish va davolash choralari oʻziga xos rakurs va obrazlarda tasvirlangan.
“Tashkilotimiz yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida Oʻzbekistonda silga qarshi kurashishga koʻmaklashib keladi. Jumladan, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, tizimda muassasalararo koordinatsiya va hamkorlikni yaxshilash, sil kasalligi diagnostikasi hamda davolash imkoniyatlarini kengaytirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Oʻtkazilayotgan turli konferensiyalar, seminarlar, koʻrik-tanlovlar, koʻrgazmalar insonlarda ushbu dardga qarshi kurashish koʻnikmalarini shakllantirish hamda uning profilaktikasi boʻyicha xabardorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadbirda yoshlarning faolligini koʻrib, juda mamnun boʻldim. Koʻrgazmaga qoʻyilgan ishlar yosh rassomlarning sil kasalligiga doir bilim hamda tibbiy madaniyati yuqori ekanini isbotlab turibdi”, - deydi Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bosh mutaxassisi Anna Meltzer.
Tadbirda eng yaxshi tasviriy sanʼat asarlari aniqlanib, gʻoliblarga hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Gʻolib sifatida eʼtirof etilganimdan xursandman. Koʻrgazmada “Silning davosi bor!”, “Ogohlik — davr talabi”, “Kasallik ijtimoiy tamgʻa emas” degan ezgu gʻoyalarni targʻib etuvchi bir qator ijodiy ishlarim bilan qatnashyapman. Zero, silga chalinishning oldini olish, bemorlar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, odamlarda tibbiy madaniyatni oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir”, - deydi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Zarnigor Abduvaitova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring