“Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkazildi

11:23 06 Iyul 2023 Jamiyat
770 0

5-iyul kuni Toshkent shahridagi Event Hall tadbirlar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Konferensiyaga britaniyalik diplomat, xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchi ser Devid Richmond hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova moderatorlik qildi.

4 ta panle sessiyadan iborat mazkur nufuzli tadbirda  Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov soʻnggi besh yillik islohotlar natijasida respublikada taʼlim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini taʼminlash, ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha samarali mexanizmlar yaratilganini taʼkidladi.

Innovatsiya va ilm-fan sohalariga davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablagʻlar hajmi 3 barobarga hamda loyihalarni moliyalashtirish xajmi 3,5 barobarga oshirildi. Startap ekotizimini shakllantirish borasida 19 ta innovatsion infratuzilmalar tashkil qilindi, startap-loyihalarga grant mablagʻlarini ajratish, startap jamoalarini akseleratsiya va inkubatsiya dasturlaridan oʻtish tizimi joriy etilib, umumiy qiymati 105,7 mlrd. soʻmlik 136 ta startap loyihalari moliyalashtirildi. Ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishda yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida 455,1 mlrd. soʻm miqdorida ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirildi.

Bundan tashqari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy darajasiga ega xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 3,2 barobarga oshirildi hamda qoʻshimcha haq toʻlash tartibi joriy etildi. Natijada, Oʻzbekiston jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradigan Global innovatsion indeks reytingida 132 mamlakat orasida 2022-yilda 82 oʻrinni egalladi (2015-yilga nisbatan 40 pogʻona yuqoriladi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida 3 oʻrinni egalladi.)

Mamlakatda kreativ iqtisodiyotni shakllantirishda yangi ish oʻrni yaratishdan boshlab iqtisodiy qiymat (kapital) yaratishgacha boʻlgan «tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” uzluksiz ekotizimni rivojlantirish maqsadida Yangi Oʻzbekistonda innovatsion rivojlanish strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Strategiyaga asosan 2030-yilga kelib Oʻzbekistonni Global innovatsion indeks reytingida dunyo boʻylab Top 50 mamlakatlar qatoriga kiritish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

“Yangi Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi” panel sessiyasida “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi xalqaro eksperti Yerbol Suleymenov, Energetika va yangi materiallar sohasida xalqaro ekspert (Hindiston) Bashir Chanbasha,–“Nexus Innovation Hub and Incubator” kompaniyasi direktori va asoschisi (AQSH) Erik Ajulay maʼruzalar bilan chiqib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xususan, 2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayoni moslashuvchanlikni hamda global tendensiyalarni hisobga olgan holda ilm-fan va innovatsiyalarning hozirgi holatini doimiy ravishda baholashni talab qilishi taʼkidlandi. Shu sababli, ushbu yoʻnalishda muntazam ravishda tadqiqot va izlanishlarni olib borish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Dunyodagi oʻzgarishlar va oʻz ehtiyojlariga mos ravishda yanada samarali rivojlanish strategiyasini yaratishi uchun respublikaning bugungi holatini xolis baholash muhim ahamiyatga ega.

“Oliy taʼlim tizimi islohoti: zamonaviy muammolar va tendensiyalar” mavzusidagi panel sessiyada Toshkentdagi Vebster universiteti akademik rektori Vassilis Polimenis, Toshkentdagi British menejment universiteti rektori Konrad Ozog, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti prorektori Maykl Klark hamda Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov qatnashdilar.

Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida oʻtgan 6 yil mobaynida oliygohlar soni 77 tadan 210 taga yetkazilib, ularga qabul 3,5 baravarga ortgani, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirilganiga yuqori baho berildi. Xususiy sektorni jalb qilish orqali 65 nodavlat oliy taʼlim muassasalari tashkil etilgani, xorijiy oliy taʼlim muassasalari soni 30 taga, davlat oliy taʼlim muassasalari 115 taga yetkazilgani taʼkidlandi. Yevropaning ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System tizimi asosida oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtkazil, 41 ta oliygohlarga akademik va moliyaviy mustaqillik berilgani qayd etildi. Shuningdek, oliy taʼlim tizimidagi davlat taʼlim standartlari UNESCO tomonidan joriy etilgan “Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasi” va “TXSK: Taʼlim va kasbiy tayyorlash sohalari” asosida qayta ishlab chiqildi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlandi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilib taʼlim jarayoniga tatbiq etildi.

Soʻnggi olti yilda oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorlik va grant dasturlari doirasida 8 636 nafar professor-oʻqituvchilar xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborilgan. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 7 385 nafar xorijlik mutaxassislar oʻquv jarayoniga jalb qilindi.

“Global innovatsiya indeksi – innovatsiyaviy rivojlanish oʻlchovining mezoni: dunyo tajribasi” nomli panel sessiyada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov, Xalqaro ekspert (AQSH )Kendrik Vayt, Xalqaro menejmentni rivojlantirish va salohiyatni oshirish boʻyicha maslahatchi (Shveysariya) Marlon Lezama, Qozogʻiston Texnologiyalarni tijoratlashtirish boʻyicha ekspertlari uyushmasi kengashi aʼzosi Abilay Akimbekov chiqish qililar. Unda Mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, ilm-fanga berilayotgan eʼtibor hamda innovatsion salohiyatni yaxshilashga qaratilgan ishlarning natijasida Global Innovation Index 2022 reytingida Oʻzbekiston ilk marotaba innovatsion rivojlanish boʻyicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi, jahon reytingida yana 4 pogʻonaga koʻtarilib, 82-oʻrinni egallagani haqida soʻz bordi.

“Oliy taʼlim va innovatsion taraqqiyot” mavzusidagi panel sessiyada esa Jahon bankining eksperti (Fransiya) Jan Jak Royes, SwissNewater kompaniyasi raisi (Shveysariya) Klod Begle, Intellektual mulk boʻyicha xuquqiy maslahatchi va loyiha menejeri, Red Sea Farms (RSF) MCHJ (Saudiya Arabistoni) Abay Jangabilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov maʼruzalari bilan chiqish qildilar.
Unda soʻnggi 6 yilda respublikamizda ilmiy darajali pedagoglar ulushi respublika boʻyicha 32,7 foizdan 39,3 foizga oʻsgani qayd etildi.

Innovatsiya va ilm-fan sohalariga davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablagʻlar hajmi 3 baravarga hamda loyihalarni moliyalashtirish xajmi 3,5 barobarga oshirildi. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy darajasiga ega xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari 3,2 barobarga oshirildi hamda maqsadli koʻrsatgichlarga asosan xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi joriy etildi. Ilmiy tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi, 5 yil davomida ularga jami 160,16 mlrd.soʻm boʻlgan 272 turdagi laboratoriya asbob-uskunalari yetkazib berildi.

Ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimi diversifikatsiya qilindi, 2018-2022-yillar davomida sanoat korxonalari va xususiy sektordan fan va innovatsiyalarga ajratilgan mablagʻlar 3 barobarga koʻpaydi, 2022-yilda (954 mlrd. soʻm sarflandi) davlat tomonidan moliyalashtirishdan (ajratilgan 591 mlrd. soʻm) 1,6 baravarga oshdi. 2018-2022-yillar davomida doktoranturaga ajratilgan kvotalar soni 7,1 barobarga oshdi va 2022-yilda 3 600 taga yetkazildi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga tayyorgarlik bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotchilik instituti joriy etildi va 1 200 ta yosh olimlar qamrab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?