Siemens Energy bilan yangi qoʻshma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda

00:56 02 Iyun 2023 Iqtisodiyot
623 0

Joriy yilning 31-may kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Sarvar Xamidov Siemens Energy kompaniyasining Yevropa mintaqasi boʻyicha prezidenti Ariyel Porat bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, umumiy qiymati 3,4 milliard yevro boʻlgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Ular qatorida Surxondaryo viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasini, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida fotoelektr va issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalari ham bor.

Bundan tashqari, uchrashuvda raqamlashtirish, metallurgiya, elektrotexnika, vodorod energetikasi, neft-gaz sanoatini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunlariga koʻra, aniq investitsiya loyihalari, ularni amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich mexanizmlari va muddatlarini oʻz ichiga olgan qoʻshma “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashga kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?