Sidneydagi ommaviy otishmada 20 ga yaqin odam jarohatlandi
Avstraliyaning Sidney shahrida 60 yoshli erkak oʻq uzib, 20 ga yaqin odamga turli darajadagi tan jarohati yetkazdi. Bu haqda RBK xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa yakshanba kuni kechqurun shaharning gʻarbiy qismida sodir boʻlgan. Guvohlar 50 dan 100 gacha oʻq uzilganini aytishmoqda. Erkak yoʻldan oʻtayotgan avtomobillarga beparvo ravishda oʻq uzgan va politsiya tomonidan qoʻlga olingan.
Hodisa natijasida bir kishi ogʻir yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan. Kempsi politsiya boʻlimiga uch nafar yengil tan jarohati olgan fuqaro yetkazilgan, ularga tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng shifoxonaga joʻnatilgan.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari hodisa joyida yana 16 nafar yengil yaralangan shaxsga yordam koʻrsatgan, ulardan ikkitasi shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya maʼlumoticha, hibsga olingan shaxsning terrorchilik yoki jinoiy guruhlar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. Hodisa sabablari hozircha maʼlum emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring