Shvetsiyada bolalarga maktabda smartfondan foydalanish toʻliq taqiqlanadi
Shvetsiya hukumati 2026-yil kuzidan boshlab bolalarning maktablarda telefondan foydalanishini toʻliq man etishini maʼlum qildi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
Yangi qoidalarga koʻra, dars boshlanishidan oldin oʻqituvchilar oʻquvchilarning smartfonlarini yigʻib oladi va faqat dars tugagach qaytarib beradi. Taqiqning asosiy maqsadi — bolalar xavfsizligini oshirish va ularning taʼlim jarayoniga yanada koʻproq jalb etilishini taʼminlash.
Taʼlim vaziri Simona Moxamssonning taʼkidlashicha, mazkur chora Shvetsiya taʼlim tizimida soʻnggi 30-yilda amalga oshiriladigan eng yirik islohotlar paketining bir qismi hisoblanadi.
Nashrning qayd etishicha, hozirning oʻzida mamlakat maktablarining koʻpchiligida bunday qoida ichki nizom sifatida amal qiladi. Biroq oʻquvchilar uni turli yoʻllar bilan chetlab oʻtmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring