Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining navbatdagi uchrashuvi Shvetsiya Parlamenti Spikeri o‘rinbosari va Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida tajriba almashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shvetsiya Parlamenti spikeri o‘rinbosari Yuliya Kronlid xonim O‘zbekiston tajribasini katta qiziqish bilan o‘rganish niyatida ekanligini ta’kidladi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida fikr, bilim hamda amaliyot almashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish, gumanitar loyihalarni birgalikda amalga oshirish va ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Shu bilan birga, ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash orqali ikki mamlakatda aholining hayot sifatini oshirishga hissa qo‘shishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring