Shu yilning oʻzida Oʻzbekiston yoshlari nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

19:43 29 Avgust 2025 Siyosat
122 0

Shu yilning oʻzida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

“Biz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan oʻgʻil-qizlarimiz timsolida boʻlgʻusi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni koʻramiz. Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, isteʼdodli yoshlar – Yangi Oʻzbekistonning oltin avlodi, gʻururimiz timsolidir.

Bugungi unutilmas damlarda men butun Oʻzbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman. Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting: baxt – intilganniki, gʻalaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi. Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir oʻgʻlonlarim, oqila qizlarim! Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch boʻladi”, – dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер