Shri-Lankaning janubida avtobus jarga qulab, 15 kishi halok boʻldi

Foto: The Independent
Shri-Lankaning janubida avtobus jarga qulab tushishi oqibatida kamida 15 kishi halok boʻldi. Bu haqda Adaderana portali xabar berdi.
Yoʻl-transport halokati 4-sentyabr kuni Ella shahridan olib chiquvchi asosiy yoʻlda sodir boʻlgan. Avtobus yoʻldan chiqib ketib, taxminan 150 metr chuqurlikka qulab tushgan.
Politsiya maʼlumotiga koʻra, avtobusda haydovchi bilan birga 30 kishi boʻlgan. Halok boʻlganlar orasida Tangalle kurort shahri shahar kengashi aʼzolari ham bor. Ular orol boʻylab sayohatdan qaytayotgan boʻlishgan.
Hozirda mutaxassislar voqea sabablarini aniqlash boʻyicha ish olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring