Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatlari 3 barobarga kengaytiriladi
Prezidentimiz Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish boʻyicha yana bir yangi majmua qurilishi taʼkidladi.
Yangi quriladigan ushbu korxonada GTL zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga, yiliga 380 ming tonna polietilen va polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Natijada qoʻshimcha 550 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Oʻz navbatida, ana shu mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash orqali, 2 barobargacha koʻp isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin boʻladi.
Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng.
Ana shu ikkita yangi zavod hisobidan Shoʻrtan majmuasida respublikamizning birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring