Shoʻrchi tumanida yangi texnikum tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti huzurida Shoʻrchi axborot texnologiyalari texnikumini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti huzurida Shoʻrchi axborot texnologiyalari texnikumini tashkil etiladi.
Texnikumga sobiq Shoʻrchi qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji va Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Texnikum yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat professional taʼlim muassasasi hisoblanadi va unda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
Texnikum direktoriga taʼlim sifatini oshirishni qoʻllab quvvatlash maqsadida pedagog va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 200 foizgacha ustama berish huquqi beriladi.
Quyidagilar Texnikum faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring