Shomurodov gol urgan oʻyinda “Bashakshehir” yutqazdi
Kecha, 28-sentyabr kuni Turkiya Superligasining 7-turidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Konyaspor” klubi oʻz maydonida “Bashakshehir”ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 16-daqiqaga kelib ochildi. “Konyaspor” jamoasining senegallik futbolchisi Alassana Ndao hisobni ochdi.
Birinchi taymga qoʻshib berilgan daqiqalarda Jerom Opoku oʻz darvozasiga gol kiritib qoʻydi. Shu tariqa taym 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
Bahsning 57-daqiqasida Migel Kresponing uzatmasidan soʻng, Eldor Shomurodov hisob qisqartirdi. Bahsning qolgan daqiqalarida hisob oʻzgarmadi va “Konyaspor” mavsumdagi uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali Eldor Shomurodov va Alassana Ndaoning harakatlarini 7,7 ballga baholadi. Bu ushbu oʻyindagi futbolchilarga qoʻyilgan eng yuqori baho edi.
Shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Abbosbek Fayzullayev oʻyinning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Uning harakatlari portal tomonidan 6,5 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” keyingi oʻyinini 5-oktyabr kuni “Goʻztepe”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring