Shoir va yozuvchi Akrom Malik “Ilhom” mukofoti respublika tanlovida gʻolib boʻldi. U “Spark” bilan taqdirlandi

09:27 21 May 2021 Madaniyat
1729 0

Adiblar xiyoboni chinakam maʼrifat manziliga aylanib bormoqda. Hazrat Navoiy bobomizning, shuningdek, atoqli shoir va yozuvchilar haykallari qoshidagi mushoiralar, tantanali bayram dasturlari yurtdoshlarimiz maʼnaviyatini boyitmoqda.

“Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi tegishli qarori asosida taʼsis etilgan “Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham mazkur ziyo maskanida boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda qator tashkilotlar tomonidan tashkil etildi. Unda davlat hamda jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlar qatnashdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda ijod ahli har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda, “Ilhom” mukofoti esa shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni kashf etishda muhim ahamiyatga ega boʻlayotir.

Tanlovning saralash bosqichi shu yilning 16-17-mart kunlari oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilib, nomzodlar milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosi, shoir hamda yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi test savollari orqali saralandi. Test natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan uch nafar qatnashchi oliy taʼlim muassasasi rektorining taqdimnomasi asosida keyingi bosqichda ishtirok etishga tavsiya qilindi.

Marosimda gʻoliblar eʼlon qilindi. Ularga pul mukofotlari taqdim etildi. Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvohidov hamda Bosh vazir oʻrinbosari B. Musayev topshirdi.Tanlov gʻoliblariga maxsus diplom va statuetkalar berildi.

Tadbir doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot” shiori ostidagi shoir va adiblarning ijodi hamda hayotiga oid kitoblar va fotosuratlar namoyishi boʻlib oʻtdi.

Yangragan dilrabo kuy-qoʻshiqlar, latif sheʼrlar ishtirokchilarga xushnudlik ulashdi.

“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2021-yilgi gʻolib va sovrindorlari

1-oʻrin

Akrom Malikov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ґoʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti.

2-oʻrin

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi.

3-oʻrin

Qobiljon Shermatov, Fargʻona davlat universiteti 3-bosqich talabasi,

Malika Palimbetova, Qoraqalpoq davlat universiteti assistent-oʻqituvchisi.

Ragʻbatlantiruvchi oʻrinlar

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi homiyligida

Akbar Otaboyev, Urganch davlat universiteti talabasi.

Madina Qahharova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi.

Farhod Nizomov, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi homiyligida

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi.

Xonzodaxon Jamalova, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi.

Adiba UMIROVA, (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?