“Shohimardon”da sobiq oʻquvchilar bilan onlayn muloqot oʻtkazildi
Fargʻona viloyatining eksklav hududida joylashgan “Shohimardon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 374 nafar kelajagimiz vorislari taʼlim-tarbiya olmoqda.
Ushbu bilim maskani ustozlari tashabbusi orqali mamlakatimizning turli oliy taʼlim muassasalarida ishlayotgan hamda xorijdagi nufuzli OTMlarda oʻqiyotgan sobiq oʻquvchilar bilan onlayn muloqot oʻtkazildi.
Xususan, muloqotda Fargʻona davlat universiteti professori Iroda Xoldorova, Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti Gulnora Gʻaniyeva, Buyuk Britaniyadagi Reding uniyevrsiteti magistratura bosqichida oʻqiyotgan Jamshid Nasriddinov, AQSHning Arizona shahridagi kompaniyalardan birining menejeri Homidjon Gʻaniyev ishtirok etdi.
— Afsuski, vaqti toʻgʻri kelmagani uchun xorijda oʻqib, ishlayotgan oʻnlab sobiq oʻquvchilarimiz onlayn muloqotda ishtirok etisha olmadi,—deydi maktab direktori Elnora Bakirova. — Ammo bu kabi muloqotlarni doimiy ravishda oʻtkazish hamda sobiq oʻquvchilarimizni toʻliq qamrab olish rejalashtirilgan.
Bundan koʻzlangan maqsad bugun taʼlim-tarbiya olayotgan oʻquvchilarimizga motivatsiya berish, dunyoviy ilm-fanlarga qiziqtirish va yuqori reytingdagi mashhur oliy bilim maskanlarida oʻqish uchun ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Buning uchun esa bilim dargohida barcha zamonaviy shart-sharoitlar muhayyo etilgani eʼtiborga molik. Oʻz navbatida, darsdan soʻng turli fanlardan qoʻshimcha toʻgaraklar, sport mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan, bu oʻgʻil-qizlarimiz har tomonlama barkamol avlod boʻlib ulgʻayishiga xizmat qilmoqda.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring