Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi

17:47 30 May 2024 Dunyo
719 0

Foto: Yonhap

Shimoliy Koreya bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgan. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylari xabar bermoqda.

Oʻnta raketa Sunan hududidan payshanba kuni ertalab sharqqa qarab uchirilgan. Ular dengizga tushishdan oldin taxminan 350 kilometr masofa bosib oʻtgani aytilmoqda.

Janubiy Koreya harbiylarning taʼkidlashicha, bunday amaliyot Pxenyanning provokatsiyasi boʻlib, Koreya yarim orolining tinchligi va barqarorligiga jiddiy tahdid soladi.

Shuningdek, AQSH ham uchirilgan raketalarni qoralab, beqarorlikdan saqlanishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yadroviy dasturi joriy etgan sanksiyalariga koʻra, Pxenyanga ballistik raketalarni sinovdan oʻtkazish taqiqlangan.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish dushanba kungi raketa amaliyotini tanqid qilib, Pxenyan tomonini muloqotga chaqirgan. Juma kuni Nyu-Yorkda Shimoliy Koreyaning oxirgi muvaffaqiyatsiz uchirilgan sunʼiy yoʻldoshi toʻgʻrisida ochiq muhokama boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер