Shilqimlik, abortga majburlash, oilaviy zoʻravonlikka qarshi qonun: yangi qonun bilan nimalar oʻzgarmoqda?

01:57 14 Aprel 2023 Hujjatlar
1058 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 12-aprel kuni Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim qonun imzolandi.

Ushbu qonun bilan qator oʻzgarishlar kiritildi. Quyida ularning asosiylari bilan tanishishingiz mumkin.

— Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

— Shilqimlik qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

— Aliment toʻlamagan shaxs majburan ishlatilib, puli bolalari taʼminotiga yoʻnaltiriladi.

— Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi.

— Ayol kishini “abort” qilishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

— Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish uchun jazo kuchaytirildi.

— Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

— Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi.

— Ota-ona yashash joyidan chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi shart boʻlgan muddat 6 oydan 3 oyga qisqartirildi.

— “Himoya orderi” muddati 1 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?