Shifokorlar yoshlarda yurakning toʻsatdan toʻxtab qolish belgilari haqida maʼlumot berdi

17:46 03 Sentyabr 2025 Ilm-fan
1221 0

Illyustrativ foto

Shvetsiyaning Goteborg universiteti olimlari yoshlarda yurakning toʻsatdan toʻxtab qolishidan sal oldin paydo boʻladigan alomatlar haqida maʼlumot berishdi. Bu haqda batafsil “News Medical” jurnalida maqola chop etildi.

Shvetsiyada 2000-yildan 2010-yilgacha toʻsatdan yurak toʻhtab qolishi bilan bogʻliq 903 holatni qamrab olgan tadqiqotda bir yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va 36 yoshgacha boʻlgan yoshlar maʼlumotlari tahlil qilindi.

“Olimlar oʻlim holatlarining 22 foizi toʻsatdan aritmik oʻlim sindromi (SADS) tufayli sodir boʻlganligini aniqladilar. SADS holatlarining deyarli uchdan ikki qismi (64%) erkaklarda sodir boʻlgan, ularning oʻrtacha yoshi 23 yoshda”, — boʻlgan deyiladi tadqiqotda.

Maqolaga koʻra, olimlar yoshlarda koʻpincha yurakning toʻsatdan toʻxtab qolishidan oldin hushidan ketish, talvasalar, isitma, qusish, yurak urish tezligining oshishi kabi alomatlar paydo boʻlishini aniqlaganlar.

Tadqiqotchilar, shuningdek, SADSdan vafot etgan bemorlarning deyarli uchdan bir qismi oʻlimidan oldin olti oy ichida tibbiy yordamga murojaat qilganini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер