Bir yil yashashi taxmin qilingan sobiq murabbiy 8 oydan so'ng vafot etdi
Foto: BBC.com
Angliya terma jamoasining mashhur shvetsiyalik murabbiyi Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Erikssonga yanvar oyida saraton tashxisi qoʻyilib, unga shifokorlar 1 yil umri qolganini aytgan edi. Taniqli murabbiy oʻtgan sakkiz oy davomida turli muolajalar bilan davolandi.
Qayd etish kerakki, bir necha kun avval Sven-Yoran vidolashuv maktubida shuday degandi:
«Yaxshi hayot kechirdim. Oʻylashimcha, hammamiz olamdan oʻtadigan kunimizdan qoʻrqamiz, lekin, hayot — bu oʻlim ham demakdir. Biz uni boricha qabul qilishni oʻrganishimiz kerak.
Siz meni qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga uringan samimiy inson sifatida eslab qolasiz, deb umid qilaman. Xafa boʻlmang, tabassum qiling. Hammasi uchun rahmat, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar. Hammasi ajoyib oʻtdi. Oʻzingiz va hayotingiz uchun gʻamxoʻrlik qiling va unda yashang. Xayr!».
Maʼlumot uchun, murabbiy 1948-yili 5-fevral kuni Shvetsiyada tugʻilgan. Faoliyati davomida “Benfika”, “Roma”, “Manchester Siti” kabi 10 dan ortiq klublar va Angliya, Meksika terma jamoalarini boshqargan.
Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring