SHHTning navbatdagi Xotin-qizlar forumini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yil 19-iyul kuni Oliy Majlis Senatida SHHTning navbatdagi Xotin-qizlar forumini Samarqand shahrida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib unda.
Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, Samarqand viloyati va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda 2021–2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish doirasida tashkil etilayotgan mazkur Forumga puxta tayyorgarlik koʻrish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, bu borada Forumga tayyorgarlik koʻrayotgan ayrim vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari eshitildi.
Taʼkidlanganidek, Forum BRMning eng muhim yoʻnalishlaridagi gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha SHHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, Forum oʻziga xos platforma sifatida davlatlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Forum 2022-yilning 18-19-avgust kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring