Sherzod Asadov Prezidentning IIO xodimlariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 25-oktyabr kuni Oʻzbekistonda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Respublikaning turli hududlarida tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, poytaxt Toshkent shahrida oʻtgan ana shunday tadbirlardan birida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tizim xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Sherzod Asadovning bildirishicha, qutlovda ichki ishlar tizimini xalqchil va samarali tuzilmaga aylantirish boʻyicha soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mustahkam zamin yaratilgani taʼkidlangan.
Jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash, kiberjinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan birga, soha oldida turgan ustuvor vazifalar qayd etilgan.
Prezident tabrigida Oʻzbekiston xalqining hayotini yanada osoyishta va fayzli qilishga qaratilgan harakatlar bundan buyon ham ustuvor darajada izchillik bilan davom ettirilishi, ichki ishlar xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, zamonaviy ish sharoitlari bilan taʼminlash, malakali kadrlar tayyorlash masalalari doimo eʼtibor markazida boʻlishi taʼkidlangan.
Shuningdek, davlat rahbari ichki ishlar organlari xodimlariga tinchlik va xavfsizlik yoʻlidagi sharafli va masʼuliyatli xizmatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring