Sherzod Asadov “Euronews” media xoldingi direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 20-noyabr kuni “Euronews” media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bildirilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston va “Euronews” oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatimizning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qoʻshma media loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilingan.

Xususan, jurnalistlarning malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda Oʻzbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishga kelishib oldik”, deb yozdi Prezident matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring