Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi yirik ishlab chiqarish korxonasiga tashrifidan fotojamlanma

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi “Alutex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Joriy yil may oyida “Alutex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan oyna va quyosh panellari uchun profillar tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. Bu korxona 350 dan ortiq turdagi, yiliga 36 ming tonna alyumin profil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Davlatimiz rahbari bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.
- Dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalarini barpo etmoqchimiz. “Yashil” energetika - mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun tayyor bozor, katta imkoniyat. Faqat asosiy talab - sifat, - dedi Prezident.
Korxonaga Italiya, Janubiy Koreya va Turkiyadan eng zamonaviy uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatilgan. Natijada 400 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Sentyabr oyidan qo‘shimcha yangi 130 turdagi alyumin profillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Import o‘rnini bosishdan tashqari, mahsulotlarning bir qismini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring