Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga tashrifidan fotoreportaj

19:33 08 Avgust 2024 Siyosat
520 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Oqoʻrda qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng Oqoʻrda qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Qolaversa ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Tashrif dasturi doirasida Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozogʻiston Respublikasining “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev oliy taʼlim muassasalari filiallarining ochilishi va “Sian - Xorgʻos - Olmaota - Sariyogʻoch - Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdilar.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi yakunlari va erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Keyin esa Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostona shahrida oʻzbek xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini tantanali ravishda ochdilar.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер