Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish natijalari koʻrib chiqildi.
Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi asosiy koʻrsatkichlarning oʻsish surʼatini taʼminlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sogʻliqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring