Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladilar.
Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:
- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisida bitim;
- Ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Professional taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring