Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga konsertda ishtirok etdilar
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdilar.
Ikki mamlakat sanʼat ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bogʻlangan, dini bir, qadriyat va anʼanalari mushtarak oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi ifodasi boʻldi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining irodasi va saʼy-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.
Isteʼdodli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlarda xalqlarimiz madaniyatining boyligi, oʻziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi oʻz ifodasini topdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring