Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.
Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalarda qatnashayotgan oʻzimizning korxonalar QQS toʻlayotgani oqibatida import tovarlar bilan narx boʻyicha raqobat qila olmagani uchun bunday loyihalardagi ishtiroki cheklangani koʻrsatib oʻtildi.
Endilikda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilishi belgilandi.
Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat. Buning uchun ishlab chiqarishga xalqaro standartlar joriy qilinishi va sertifikat mavjud boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.
Prezident maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozor hisobidan rivojlanib kelayotganini qayd etdi.
Oʻtgan yili ishlab chiqarilgan maishiy texnikaning 70 foizi ichki bozorda sotilgan.
Tashqi bozorlarda tarif va notarif toʻsiqlar koʻpligi bor gap, lekin eksport bozorlarida yirik uzelli yigʻish asosida ishlab chiqarish qilib, ularga butlovchi qism va yarim tayyor mahsulotni ortiqcha yigʻimlarsiz yetkazib berish mumkin.
Endilikda qoʻshni bozorlarga texnologiya, malakali mutaxassis va butlovchi qismlar yetkazib, Oʻzbekistonni mintaqaviy elektrotexnika xabiga aylantirish kerakligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga qoʻshni bozorlarda milliy brendlarimiz ostida kamida 15 tadan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Boshqaruv sohasida xotin-qizlar ulushi necha foiz ekani ma’lum qilindi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
- “Anorbank” rahbari Parijda oʻgʻirlab ketildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring